11-dars / 12 dars4-modul. Professional workflow
Akademiya/Vibe Coding/11-dars. Git, deploy va professional workflow
O'rta18 daqiqa

11-dars. Git, deploy va professional workflow

Loyiha yaratdingiz — ajoyib. Endi uni dunyoga ko'rsatish va xavfsiz saqlash kerak. Git — kodingiz tarixi va zaxirasi. Deploy — loyihani internetga joylashtirish. Bu darsda professional dasturchlarning kundalik ish oqimini o'rganasiz.

Mavzu izohi

Git — bu versiya boshqaruv tizimi. U kodingizning har bir o'zgarishini saqlaydi. Agar xato qilsangiz — oldingi holatga qaytishingiz mumkin. Agar jamoada ishlasangiz — har kim alohida ishlaydi va keyin birlashtiradi. Git professional dasturlashning asosi.

GitHub — bu Git repozitoriylarini saqlash uchun bulut platforma. Sizning kodingiz GitHub da saqlansa — kompyuteringiz buzilsa ham kod yo'qolmaydi. Bundan tashqari, GitHub orqali jamoada ishlash, portfolio ko'rsatish va deploy avtomatlashtirish mumkin.

Deploy — bu tayyor loyihangizni internetga joylashtirish. Vercel (Next.js, React uchun ideal), Netlify (static saytlar uchun) va Railway (backend, bot uchun) — eng mashhur bepul platformalar. Siz GitHub ga push qilasiz — sayt avtomatik yangilanadi.

Professional workflow: kod yozish → Git commit → GitHub ga push → avtomatik deploy → test → yangi o'zgarish. Bu tsikl har kuni, har soatda takrorlanadi. Vibe coding bilan siz bu jarayonni birinchi kundan o'rganasiz.

Bu darsdan nima olasiz

  • Git asosiy buyruqlari: init, add, commit, push, pull
  • GitHub da yangi repozitoriya yaratish va kodni yuklash
  • Vercel/Netlify ga avtomatik deploy sozlash
  • Branch (tarmoq) bilan ishlash — alohida feature lar uchun
  • .gitignore bilan keraksiz fayllarni chiqarib tashlash
  • Professional ish tsiklini (workflow) tushunish va qo'llash

Chuqurroq tushuntirish

Git ishlash prinsipi: Git har commit da loyihangizning to'liq suratini (snapshot) saqlaydi. Siz istalgan vaqtda istalgan commitga qaytishingiz mumkin: git checkout <commit-hash>. Bu sizga xavfsizlik beradi — qanday xato qilsangiz ham, oldingi holatga qaytish doim mumkin. AI bilan ishlashda bu ayniqsa muhim — Agent ba'zan noto'g'ri o'zgartirish kiritishi mumkin.

Branching strategiya: main (yoki master) branch — doim ishlaydigan versiya. Yangi feature qo'shmoqchi bo'lsangiz: git checkout -b feature/contact-form. O'sha branch da ishlaysiz. Tayyor bo'lganda: Pull Request ochib, tekshirib, main ga merge qilasiz. Bu pattern ni birinchi kundan o'rganib oling.

Deploy platformalar taqqoslash: Vercel — Next.js va React loyihalar uchun ideal, bepul rejada oyiga 100GB bandwidth, avtomatik HTTPS va CDN. Netlify — static saytlar va SPA uchun zo'r, form handling va serverless functions bor. Railway — backend va bot uchun, $5/oy bepul kredit, Node.js va Python qo'llab-quvvat. Har bir loyiha turi uchun mos platformani tanlang.

AI bilan Git workflow: Cursor terminal integratsiyasiga ega. Siz Chat da 'git commit qil va GitHub ga push qil' deb yozishingiz mumkin — AI buyruqlarni yaratadi va siz Run bosasiz. Hatto commit message ni ham AI yozib beradi: 'bu o'zgarishlar uchun commit message yoz' deb so'rang. Bu vibe coding ning yana bir kuchi — hatto DevOps vazifalarini ham AI bilan bajarasiz.

Tayyor prompt shabloni

Ko'chirib moslashtiring
Mening loyiham uchun Git sozlab ber: 1) .gitignore yaratib, node_modules, .env, .next, dist papkalarini qo'sh. 2) README.md yozib, loyiha haqida qisqa tavsiflama, o'rnatish yo'riqnomasi va ishga tushirish buyruqlarini qo'sh. 3) GitHub Actions workflow yaratib, har push da lint va build tekshirilsin.

Nega ishlaydi

Xavfsizlik: '.gitignore' — maxfiy va keraksiz fayllarni himoya qiladi

Dokumentatsiya: 'README.md' — loyiha haqida ma'lumot (portfolio uchun muhim)

Avtomatizatsiya: 'GitHub Actions' — har push da avtomatik tekshiruv

Strukturalangan: 3 ta aniq vazifa ketma-ket — AI barchasini yaratadi

Amaliy mashq

  • Terminal da loyiha papkasiga kiring
  • git init — yangi Git repozitoriya boshlash
  • git add . — barcha fayllarni stage qilish
  • git commit -m 'birinchi commit' — o'zgarishlarni saqlash
  • GitHub.com da yangi repozitoriya yarating
  • git remote add origin URL && git push -u origin main — GitHub ga yuklash
  • Vercel.com ga kiring, GitHub reponi tanlang va Deploy bosing
  • Loyihada o'zgartirish qiling, commit va push — Vercel avtomatik yangilanishini ko'ring

Ko'p uchraydigan xatolar

  • .env faylini GitHub ga yuklash — HECH QACHON! .gitignore ga doim .env qo'shing
  • node_modules ni commit qilish — juda katta va keraksiz, .gitignore da bo'lishi shart
  • Commit xabarini bo'sh qoldirish — 'fix' emas, 'Login sahifasiga email validatsiya qo'shildi' deb yozing
  • Branch ishlatmaslik — har yangi feature uchun alohida branch: git checkout -b feature/login
  • Push dan oldin pull qilmaslik — jamoada ishlasangiz, oldin git pull qiling

Dars bo'yicha savol-javob

Git va GitHub bir narsa mi?

Yo'q. Git — bu dastur (kompyuteringizda ishlaydi, versiya boshqaradi). GitHub — bu platforma (internetda, Git repolarni saqlaydi). Git siz GitHub siz ishlaydi, lekin GitHub Git siz ishlamaydi.

Deploy bepulmi?

Ha, Vercel va Netlify bepul rejalarida: unlimited static saytlar, oyiga 100GB bandwidth, avtomatik HTTPS. Hobby/personal loyihalar uchun to'liq yetarli.

GitHub private repo bepulmi?

Ha, GitHub 2019-yildan beri private (yopiq) repozitoriyalarni bepul taqdim etadi. Kodingizni hech kim ko'rmaydi — faqat siz va ruxsat bergan odamlar.

Keyingi qadam

Git va Deploy: loyihani internetga joylashtirish | Prompter